O‘zbekistonda o‘qishga kiritish va sertifikat olib berish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qo‘shtepa tumanidagi maktab o‘qituvchisi Yozyovon tumanida yashovchi 3 nafar fuqaroni Qirg‘iz davlat universitetining Qadamjoy filialiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 6600 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan IJQKDning hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o‘qituvchisi Amudaryo tumanida yashovchi fuqaroni Urganch davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur ishga aloqador bo‘lgan uning sherigi – O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti mutaxassisi ham ushbu pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Termiz shahrida yashovchi, 1989-y.t. shaxs o‘zining hamshahariga ingliz tili bo‘yicha “S-1” darajadagi til bilish sertifikatini olib berish evaziga 2400 AQSh dollari va 1.250.000 so‘m olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda ushbu shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sharhlar