DXX raisi o’zgardi
DXX raisi Abdusalom Azizov lavozimidan ozod etilib, o’rniga Bahodir Qurbonov tayinlandi.
Bahodir Qurbonov 2019-yil 11-fevraldan beri O‘zbekiston mudofaa vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. U 1987-yildan 1989-yilgacha muddatli harbiy xizmatni o‘tagan. 1990-yilda O‘zbekiston IIV Oliy tergov maktabiga, 1992-yilda esa O‘zbekiston IIV Oliy maktabiga o‘qishga kirgan.
2002−2005-yillarda Jizzax tumani IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan. 2005-yilda Jizzax viloyati G‘allaorol tumani IIB boshlig‘i lavozimiga o‘tgan. 2008-yilda O‘zbekiston IIV Patrul-post xizmati bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimini egalladi. Shu yilning o‘zida Namangan viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlangan.
2013-yil 24-dekabrdan 2015-yil 27-dekabrgacha O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2015-yilda Toshkent shahar IIBB boshlig‘i etib tayinlangan. 2017-yil 14-yanvarda general-mayor unvoniga sazovor bo‘lgan.
2018−2019-yillarda Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimida faoliyat yuritgan. 2021-yil yanvar oyida unga general-leytenant unvoni berilgan.
Sharhlar