Dzyudochi Kumush Xo‘jayeva Paralimpiadada O‘zbekiston terma jamoasiga kumush medalni keltirdi
Dzyudochi Kumush Xo‘jayeva Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritdi, deya xabar beradi Milliy olimpiya qo‘mitasining matbuot xizmati.
Dzyudo bo‘yicha J2 sinfidagi musobaqaning 57 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi finalida Xo‘jayeva yaponiyalik sportchi Xirose Junko bilan kuch sinashdi. Natijada u ikkinchi o‘rinni egallab, O‘zbekiston terma jamoasiga 21-medalni keltirdi.
Ulashish:
Sharhlar