Xorazmda ehson qutisidan pul o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Foto: Milliy gvardiya

Xorazm viloyatida Milliy gvardiya qo‘riqlash xodimi tomonidan ehson qutisidagi pullarni o‘g‘irlashga uringan shaxs qo‘lga olindi.

25-sentabr kuni ertalab soat 06:15 larda, Shovot tumani Beshmergan mahallasida joylashgan “Yusuf Hamadoniy” ziyoratgohida xizmat olib borayotgan qo‘riqlash xodimi, noma’lum shaxs tomonidan ziyoratgohga tegishli bo‘lgan ehson qutisini ochishga urinayotganini ko‘rib qolib, joyida qo‘lga olgan va navbatchilik qismiga xabar bergan.

Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan Shovot tumani qo‘riqlash bo‘limi tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari tomonidan holat o‘rganilganda, ehson qutisidagi pullarni o‘g‘rilamoqchi bo‘lgan ushbu shaxs Gurlan tumanida yashovchi 33 yoshli M.M. ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman IIB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.