Toshkentda “Ekopark”ka kirish darvozalaridan biri vaqtinchalik yopildi
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasida qurilish va taʼmirlash ishlari olib borilayotgani sababli ushbu ko‘chaning Shastri ko‘chasi bilan kesishmasidan “Ekopark”ga qadar bo‘lgan qismi va “Ekopark”dan Hamid Olimjon ko‘chasining Maxatma Gandi ko‘chasi bilan kesishmasiga qadar qismi avtoulovlar uchun yopilgan. Bu haqda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi xabarida aytiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston ovozi ko‘chasida olib borilayotgan taʼmirlash ishlari sababli “Ekopark”ning O‘zbekiston ovozi ko‘chasidan kirish darvozalari vaqtinchalik yopildi. Bog‘ning asosiy kirish yo‘li Maxtumquli ko‘chasidan amalga oshirilmoqda.
Hokimlik yuqoridagi holatlar uchun uzr so‘rab, tez orada qurilish taʼmirlash ishlari yakunida, zamonaviy piyodalar yo‘lagi, veloyo‘laklar va albatta madaniy hordiq chiqarish uchun ajoyib infratuzilmaga ega ko‘chada harakatlanish davom ettirilishini va’da berdi.
Sharhlar