Shveysariya O‘zbekistonda eksklyuziv yangi turistik marshrutlarni yaratishi mumkin
O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Shveysariyaning “Rubis Voyages” va mamlakatimizdagi “Karavan Travel” turistik kompaniyalari bilan hamkorlikda Nyovshatel shahrida yurtimizning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” axborot agentligi..
Unda Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev boshchiligidagi O’zbekiston delegatsiyasi, diplomatlar hamda Shveysariyaning tegishli kompaniyalari vakillari va soha mutaxassislari qatnashdi.
Mamlakatimiz elchisi Dilshod Axatov o‘z nutqida so‘nggi yillarda O’zbekiston hukumati tomonidan turizm sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev yurtimizda turizmni iqtisodiy o‘sish drayveri sifatida rivojlantirish yangi bosqichga ko‘tarilgani, qadimiy shaharlarimiz jahon sayyohligida muhim o‘ringa egaligini, xorijiy sayyohlik kompaniyalari va sayyohlar uchun yaratilgan imkoniyatlar qayd etdi.
Tadbir shveysariyalik sayyohlar uchun yurtimizda yaratilgan qulay sharoitlarni namoyish qilishda yaxshi imkoniyat bo‘ldi.
Uning doirasida sayyohlik kompaniyalari o‘zaro muloqot qilish hamda yurtimiz sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Qiziqarli videorolik va ekspertlarning chiqishlari qatnashchilar e’tiboriga havola qilindi, bu esa O’zbekistonning turizm salohiyatini yanada chuqurroq o‘rganish, shuningdek, go‘zal diyorimizni tarixiy osori-atiqalardan tortib zamonaviy turizm xususiyatlari bilan yaqindan tanitishga xizmat qildi.
Tadbirda O’zbekistonning boy madaniy merosi, tarixiy obidalari va noyob tabiiy landshaftlari haqidagi ma’lumotlar shveysariyalik sayyohlik agentliklari va operatorlarmi e’tiboriga taqdim etildi. Mutaxassislarga respublikamizning eksklyuziv yangi turistik marshrutlarni yaratish imkoniyatlari taklif etildi.
Qatnashchilar O’zbekistonning sharqona mehmondo‘stligini his qilish bilan birga, kelgusida muvaffaqiyatli hamkorlik uchun yangi yo‘llar ochilishiga ishonch bildirishdi.
Sharhlar