Eksklyuziv intervyu: Diyora Keldiyorovaning buvisi, qaynonasi va ammasidan intervu olindi

Foto: Anhor.uz

Anhor.uz internet nashri Diyora Keldiyorovaning buvisi, qaynonasi va ammasidan intervu oldi.

Unda Diyoraning qaynonasiga: “Boshqa xonadonda boshqa muhitda katta bo’lgan qizlar yangi oilaga ko’nikishi biroz qiyin bo’ladi. Yaxshiyam tumush o’rtoqlari aytib o’tganidek, ikkalasi salkam 7 yildan ortiq vaqt mobaynida bir-birini yoqtirishgan, undan keyin muhabbat yo’llari bog’langan. Keliningiz sportga qiziqqanligi uchun, sportga bo’lgan muhabbati uchun sizda qanaqadir qarshiliklar bo’lganmi? Sportchini kelin qilish kabi? Yo o’g’lingizning o’zi ham sportchi bo’lganligi sababli ularaga nisbatan xayrixohlik yoki quvonch, bildirganmisiz? “, – deya savol berilganida:

Qaynonasi Botirova Umida: “Avvalambor kelinimmas qizimning yutug’idan biz hammamiz xursandmiz, butun O’zbekiston xursand. Bu sport sohasiga o’g’lim ham sportchi bo’lganligi uchun qarshilik bo’lmagan, yaxshi qabul qilganmiz. Yana mashg’ulotlarni davom ettirib, shug’ullanishga borishiga ham ruxsat berganmiz”, – deya javob berdi.

Umida opadan Olimpiyada o’yinlarini qanchalik qiziqish bilan tamosha qilganligi so’ralganida: “Hayajonda, ta’riflay olmayman”, – deb javob qaytardi.

Jurnalistimiz: “O’g’lingiz xursandchilikdan mana shu jarayonni ko’plab sportchilar davrasida tomosha qildi, xursandchilikdan osmonga sakragan paytlari ham bo’ldi. Sizlarda qanday jarayon bo’ldi?”

Umida opa: “Bizda ham shunaqa, juda xursand bo’ldik. Rahmat kelinimga, butun O’zbekiston xursand bo’ldi. Hurmatli Prezidentimizda shu yoshlarga imkoniyat yaratib berganlari uchun katta rahmat”.

“Diyoraxon keyingi Olimpiyada o’yinlarida ham qatnashish niyati borligini bildirdi. Siz nima deysiz?”, – deya so’ralganida: “Ruxsat beramiz qo’llab quvvatlaymiz, albatta”, – deb javob berdi qaynonasi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.