Eksklyuziv intervyu: Diyora Keldiyorovaning buvisi, qaynonasi va ammasidan intervu olindi

Foto: Anhor.uz

Diyora Keldiyorovaning buvisi: “Bizda zo’r hayajon bo’ldi, unuman o’tirolmadik desak ham bo’ladi, o’ylanib “nima bo’lar ekan?” deb. Qizim Keldiyorova Diyora, nabiram Abeni yiqitgandan keyin bizlar hayajondan ancha bosilib oldik. Chunki u qizcha 5 yildan beri oltin medalni hech kimga bermay kelayotgan edida. Nevaram uni yiqitgandan keyin o’zimizni ancha bosib oldik, bu yog’idan endi qo’riqmasak ham bo’ladi, qolgan hammasini yiqitib kelayotgan edida u. O’zi Diyoraxonni katta buvisi Quvondiqova Gulsara opa uni 5-6 yoshdan yetaklagan. Asli, avval sambo yo’nalishida kurashardi keyin, bu yo’nalishga o’tdi, dzyudoga. O’zida ham qobilyat kuchli, o’zi ham harakatchan, aqilli, odobli, iboli qiz. U faaqat sportda emas, o’qishda ham birinchi o’rinda. Masalan, matematika, fizika fanlaridan olimpiyadada 1-o’rinni olgan. Unda Alloh tomonidan berilgan iqtidori bor. Bir tomondan juda ham xursandmiz. Avvalambor Prezidentimizga yoshlarga shunday sharoit yaratganlariga rahmat aytamiz. Birinchi oltin medalni u qo’lga kiritdi. Bundan biz juda ham xursandmiz. Unuman, xursandchiligizmini biz sizga ta’riflab berolmayabmiz”.

Jurnalistimiz: Xalqda bir maqol bor “O’g’il ammaga qiz xolaga tortadi” degan, Lekin ko’rib turibmiz, sizda hozir Diyoraxonni chexralari bor, demak siz ammajonisiz? Sizda qanaqa kayfiyat bo’ldi? qanaqa jarayonlarni his qildingiz?

Ammasi: “Avvalambor, Assaloumu alaykum. Biz hozir his-hayajon bilan bu yerda qanday turganimizni bilmaymiz, buni ta’riflash juda ham qiyin. Bu ko’rsatayotgan musobaqani ukam bilan bizlar birgalikda televizorda ko’rayotgan edik, o’shanda ayoq-qo’limiz qaltiraydi. Siz aytgandek birovlarni tomosha qilish oson, lekin o’zimizni farzandlarimizni, jiyanlarimizni tomosha qilish juda ham og’ir. “Qani nima bo’lar ekan?” deb. Hammasidan ko’p nimaga xursand bo’laman bilasizmi? Otam rahmatli aytardi: “Meni bu nabiram meni elga tanitadi, Keldiyorova Diyorani hali el taniydi”, – degan. Onam hamma Diyorani sportga borishiga qarshilik qilganida: “Teginmanglar borsin” deb, o’zi yetaklab borgan. Diyoraxonni avvalambor o’zida iste’dodi, qiziqishi, kurashuvchanligi bo’lgan. U oldidagi maqsadlarini to’g’ri qo’ya bilgan, bu uning yutug’i”.

Jurnalistimiz mana shu quvonchi xabarni eshitganda nima qilganligini so’raganda ammasi: “Yig’lab yubordim, to’g’risi. Shunchalik yig’ladim ko’z oldimga ota-onam keldi. Keyin o’zimga kelganimdan keyin telegramda tabrikladim”, – deya javob berdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.