EKSPO “Xitoy-Yevroosiyo” sakkizinchi xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Foto: Bosh vazir matbuot kotibi

26-30-iyun kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Urumchi shahrida EKSPO “Xitoy-Yevroosiyo” sakkizinchi xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur EKSPOda faxriy mehmon sifatida Qirg‘iziston Bosh vaziri, Qozog‘iston Bosh vazirining o‘rinbosari, shuningdek, 40 dan ortiq xorijiy hukumatlar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshiriqlariga asosan, Bosh vazir boshchiligidagi mamlakat hukumati delegatsiyasi mazkur tadbirda qatnashish uchun Urumchi shahriga tashrif buyurdi.

25-iyun kuni Urumchi shahriga tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Partqo‘mi kotibi Ma Sinjuy boshchiligida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazildi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.