So’nggi 6 oyda O‘zbekiston eksport qilgan mamlakatlarning 3 tasidan 38 ta e’tiroz kelib tushdi

Bugungi kunda 56 ta davlatga O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining fitosanitariya sertifikati asosida barcha meva-sabzavotni yuklash mumkin.

2024-yilning 1-yarim yilligida 4 ta davlatga 11 ta qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti uchun fitosanitar ruxsatlar olinib, fitosanitar ruxsatlar soni salkam 600 taga yetkazildi.

Xitoyga no‘xat, Koreyaga rediska, kunjut, loviya, yashil no‘xat, karam, koriandr, zafaron, Fransiyaga gilos, Buyuk Britaniyaga pomidor, bulg‘or qalampiri eksport qilish imkoniyati yartildi.

Latviya va Koreyaning eksportni rivojlantirishga qaratilgan loyihalari doirasida 13 nafar mutaxassis jalb qilindi va mahalliy soha xodimlarining malaka oshirishiga ko‘maklashildi.

2024-yil hosili uchun 5,1 mlrd dona oltinko‘z, 6 097 kg trixogramma, 2,7 mlrd dona brakon yetishtirildi va 2,2 mln gektar g‘alla-paxta ekin maydonlarida tarqatildi.

85 mingdan ortiq xalqaro va 60 mingga yaqin ichki fitosanitariya sertifikatlari, 73 000 ta transport birligini ochish va karantin ko‘rigi dalolatnomasi, salkam 18 500 ta import karantin ruxsatnomasi, 38 mingdan ortiq fumigatsiya dalolatnomasi elektron rasmiylashtirildi.

Import bo‘lgan mahsulotlardan namunalar olinib, 178 mingta ekspertizadan o‘tkazildi. 730 ta holatda 17 turdagi karantin obyektlari aniqlandi va tegishli choralar ko‘rildi.

Importda 6 ta davlatga 442 ta e’tiroznomalar (notifikatsiya) yuborildi, Eksportda 3 ta davlatdan 38 ta e’tiroznomalar kelib tushdi va tegishli choralar amalga oshirildi.

172,8 tn va 25 mingdan ortiq o‘simliklar karantini nazorati ostidagi mahsulotlar qaytarildi, 1,57 tn va 192 794 dona yo‘q qilindi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.