“Eksport uch qadam” loyihasi ommalashmoqda, qulayliklar nimada
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi rahbariyati boshchiligida ishchi guruhi tomonidan tadbirkorlar bilan “Angren” erkin iqtisodiy zonasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda, bojxona qo‘mitasi “Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash” boshqarmasi boshlig‘i Pardayev Ilxom, Toshkent viloyati bojxona boshqarma rahbari Kaxramon Umarov boshchiligida bir guruh bojxona xodimlari bilan tadbirkorlar, eksportyor va qayta ishlash korxona rahbarlari uchun ochiq muloqot tashkil etilib va Soliq boshqarmasi mas’ul xodimlari ham ishtirok etdi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi, mamlakatda tadbirkorlik subyektlari uchun bojxona sohasida yaratilayotgan yengilliklar, qulayliklar, xususan “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimi, “Eksport uch qadam” tizimining afzalliklar to‘g‘risida xabardor etish, muammolarni esa joyida hal etishga e’tibor qaratilgan.
Shuningdek, TIF qatnashchilariga tizimdagi korrupsiya va tamagirlik holatlariga qarshi kurashishda jamoatchilikning ham faol ko‘magi zarurligi, bojxona organlari barcha amaliy va huquqiy jihatdan ko‘mak berishga tayyorligi, bu borada BQning 11-08 qisqa raqamli “Ishonch telefon”ga yoki Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining 70-202-86-11 raqamli “Ishonch telefoni”ga kunning istalgan vaqtida murojaat qilishlari mumkinligi tushuntirilgan.
Sharhlar