“Eksport uch qadam” tizimining afzalliklaridan xabardor etish maqsadida sayyor qabul o’tkazildi
Toshkent viloyatida tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari bilan sayyor uchrashuv o‘tkazilib, soha rivoji yo‘lidagi aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Uchrashuvda Toshkent viloyati hududida joylashgan qishloq xo‘jaligi texnika vositalari ishlab chiqarish “Tarim-Osiyo”, “Agromash texnik” MCHJ hamda Nurafshon shahridagi “Food Agro Company” MCHJ qorxonalarida bo‘lib o‘tdi.
“Food Agro Company” MCHJ tomonidan joriy yil boshidan 6 oy yakuniga ko‘ra:
35 partiyadagi og‘irligi 893,6 tonnaga teng, qiymati 2,01 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan tovarlar “Bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan bo‘lib, og‘irligi 491,03 tonnaga teng, 1,46 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan tovarlar “Reeksport” bojxona rejimiga rasmiylashtirildi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi, mamlakatda tadbirkorlik subyektlari uchun bojxona sohasida yaratilayotgan yengilliklar, qulayliklar, xususan “Bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimi, “Eksport uch qadam” tizimining afzalliklar to‘g‘risida xabardor etish, muammolarni esa joyida hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Sharhlar