Ekstremistik ramzlarni chop etgani uchun o‘zbekistonlik mehnat muhojiriga Rossiyaga kirish 20 yilga taqiqlandi

Фото: Amur

Priamurуening Svobodnenskiy rayonida Ichki ishlar vazirligining ekstremizmga qarshi kurashish markazi xodimlari Telegramda Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti ramzlarini chop etgan xorijlikni aniqladi.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy korxonada ishlagan o‘zbekistonlik 27 yoshli muhojir boshqa foydalanuvchilar kirishi mumkin bo‘lgan ochiq sahifaga taqiqlangan kontentni joylashtirgan.

U ekstremistik ramzlarni targ‘ib qilish moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilib, uch sutkaga hibsga olingan va Rossiyaga kirishi 20 yil muddatga taqiqlanib, mamlakatdan chiqarib yuborilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.