Ekvadorda samolyot yo‘lga qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

фото: daily mail

Ekvador harbiy-havo kuchlari samolyoti mashg‘ulot parvozi vaqtida halokatga uchradi va gavjum ko‘chaga quladi. Natijada uchuvchi ayol va kursant halok bo‘ldi, deb yozadi Daily Mail.

Ekvador harbiy-havo kuchlari qurbonlar kapitan Diana Ruiz va kursant Xuan Pacheko ekanligini aniqladi. Qayd etilishicha, Ruiz ekvadorlik birinchi ayol sifatida tovushdan tez uchuvchi samolyotni boshqargan shaxs sifatida tarixga kirgan.

Ikki o‘rindiqli Diamond DA20-C1 samolyoti mashg‘ulot parvozini amalga oshirayotganda to‘satdan yo‘l qismiga qulab tushdi. Hodisa kuzatuv kameralarida tasvirlangan bo‘lib, samolyot mototsikl va avtomobilga borib urilgani aks etgan. Haydovchilar jabrlangani xabar qilingan. Fojia guvohining aytishicha, u parkda sayr qilib, qulashdan oldin samolyot osmonga aylanib, qo‘nish uchun joy qidirayotganini payqagan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.