Elbek Sultonov Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlarida oltin medal sohibiga aylandi

Фото: paralympic.uz

Parijdagi o‘yinlarda O‘zbekiston delegatsiyasi navbatdagi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Medal muallifi yadro uloqtirish bo’yicha (F12 toifasi) para-sportchi Elbek Sultonov bo’ldi.

Murosasiz bellashuvlar yakunlariga ko‘ra, Sultonov 16,45 m natija qayd etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida hozirda 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medali mavjud.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.