“Elektr energiyasidan asossiz qarzdorlik vujudga kelayotganligi” haqidagi xabar yuzasidan munosabat bildirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasidan asossiz tarzda qarzdorlik vujudga kelayotganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” АJ mazkur holatlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi:
“Hududiy elektr tarmoqlari” АJ tomonidan joriy yilning avgust oyidan yangilangan “HET BILLING” dasturiy kompleksi tashkil etildi.
“Аyni shu jarayonda eski tizimdan isteʼmolchilarning arxiv maʼlumotlarini yangi tizimga ko‘chirishda ayrim isteʼmolchilar shaxsiy hisobida noaniqliklar kelib chiqayotganligini maʼlum qilamiz. Bunday noaniqliklar aniqlangan hududlarda ayni paytda qo‘shimcha mutaxassislar ajratilgan holda masalaga oydinlik kiritish ishlari olib borilmoqda”, – deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.
Sharhlar