Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlar aniqlandi
Qarshi shahrida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “K.E.” MCHJ mas’ul shaxslari umumiy ovqatlanish shoxobchasi va bilyard o‘yini xonasida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr energiyasi tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 1,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shuningdek, Marhamat tumanida fuqaro I.I. va boshqalar “Konchilar” MFY hududidagi issiqxonada umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, jami 539,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sharhlar