Toshkentning uchta tumanida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun, 16-may kuni ayrim tumanlarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ xabar bermoqda.
Elektr ta’minoti quyidagi hududlarda uziladi:
Mirobod tumani: “Yangi Mirobod” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
Yashnobod tumani: “Boysun” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
Bektemir tumani: “Musaffo” hamda “Abay” MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 15:00 gacha.
Ulashish:
Sharhlar