Farg‘ona viloyatida choyxonaning elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanishi aniqlandi
Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida egasi jihozlarini elektr tarmog‘iga noqonuniy ulagan choyxona aniqlandi, deb xabar bermoqda “O‘zenergoinspektsiya” .
Tekshiruvda aniqlanishicha, fuqaro S.T.ga tegishli mazkur muassasa davlatga 1 milliard 237 million so‘m miqdorida zarar yetkazgan.
Huquqbuzarlik haqidagi hujjatlar qo‘shimcha tekshirish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Ulashish:
Sharhlar