Elektrdan foydalanib pulini to‘lamagan fermer xo‘jaligining kombayni xatlab qo‘yildi
MIB ning xabar berishicha, sud hujjatlariga binoan elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti iste’molidan qarzdorligi bo‘lsa-da, ularni to‘lamay kelayotgan shaxslardan ta’minotchi korxonalar foydasiga undiruv bilan bog‘liq sud hujjatlarining ijrosi bo‘yicha majburiy ijro harakatlari olib borilmoqda.
Xususan, Byuroning Shahrixon tuman bo‘limi ish yurituvidagi Bo‘ston tumanlararo iqtisodiy sudining ijro hujjatida qarzdor “Ravnaq-2019” fermer xo‘jaligidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga 71,3 mln. so‘m qarzdorlik undirilishi ko‘rsatilgan.
Qarzdor fermer xo‘jaligi elektrdan foydalangan bo‘lsa-da, to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirmagani sabab Byuro xodimlari tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishildi.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor fermer xo‘jaligiga tegishli “Claas DOMINATOR-130” rusumli kombayn xatlab qo‘yildi.
Shundan so‘ng, fermer xo‘jaligi elektrdan bo‘lgan barcha qarzini to‘liq to‘ladi.
Sharhlar