Kuchli yomg‘ir va shamol tufayli O‘zbekistonning ayrim hududlari elektr ta’minotidan vaqtinchalik uzilib qoldi
O‘zbekiston Energetika vazirligi murakkab ob-havo tufayli, mamlakatning ayrim hududlarida elektr ta’minotidan vaqtinchalik uzilishlar kuzatilayotganini ma’lum qildi.
Soat 10:00 holati boʻyicha mamlakatimiz boʻylab yuz berayotgan kuchli yomgʻir va shamol natijasida 6-10 kVli 190 ta fider 274 MVt quvvat bilan avariyaviy oʻchiq qolmoqda, deyiladi xabarda.
Oqibatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro va Toshkent viloyatlaridagi 66 ming 750 ta isteʼmolchi hamda kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr taʼminotidan vaqtinchalik uzilgan.
Hozirgi vaqtda murakkab ob-havo sharoitiga qaramasdan, maxsus brigadalar tomonidan barcha nosozliklar bartaraf etilmoqda.
Vazirlik keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻrab qoldi.
Sharhlar