O‘zbekistonga elektromobillar importi 42 foizga oshdi
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-iyul oylarida xorijdan qiymati 156 mln AQSh dollariga teng 10 542 ta elektromobil import qilgan.
Spot qayd etishicha, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan import qilingan elektromobillar soni 42,6%ga oshgan.
Shu bilan birga, elektromobil importi qiymati 28,8%ga tushib, $156 mlnni tashkil etdi.
Xitoy elektromobillar yetkazib berish bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi, bu esa O‘zbekiston bozoridagi ulushini sezilarli darajada oshirdi — yillik hisobda 93%dan 99,9%gacha.
7 oyda O‘zbekiston eng ko‘p elektromobil import qilgan davlatlar:
— Xitoy – 10 477 ta
— Gonkong – 14 ta
— Germaniya – 11 ta
— BAA – 10 ta
Ulashish:
Sharhlar