Norvegiyada elektromobillarning umumiy avtomobil savdosidagi ulushi 94 foizga yetdi

Yevropa Ittifoqining asosiy neft ishlab chiqaruvchi mamlakati — Norvegiyada elektr transport vositalarining umumiy avtomobil savdosidagi ulushi 94 foizga yetdi.

Avgust oyida jami 11,11 ming dona avtomobil sotilgan boʻlib, shundan 10,45 mingtasini yoki 94 foizini elektromobillar tashkil etdi. Mazkur koʻrsatkich YEIning asosiy neft ishlab chiqaruvchi mamlakati uchun mutlaq rekorddir. Eʼtiborlisi, sotilgan yangi avtomobillarning umumiy soni oʻtgan yilgi darajada saqlanib qolgan.

Dizel va benzinli avtomobillar savdosi esa umumiy ulushning atigi 2 foizini tashkil qildi. Qolgan 4 foiz gibrid avtomobillardan iborat. Mutaxassislar elektromobillar “bum”iga davlat tomonidan taqdim etilgan katta soliq imtiyozlari hamda avtobus yoʻlaklarida yurish huquqining berilishi va qoʻshimcha toʻxtash joylari singari boshqa imtiyozlar sabab boʻlganini aytishmoqda.

“Agar bu tendensiya davom etsa, biz tez orada 2025-yilga moʻljallangan 100 foiz nol emissiyali avtomobil parkini yaratish maqsadiga erishamiz”, deydi Norvegiya yoʻl federatsiyasi direktori Oyvind Solberg Torsen.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.