Elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari quriladi
O‘zbekistonda 2025-yil yakuniga qadar 32 mingdan ortiq elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari quriladi. Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2025-yilning 1-fevralidan boshlab, quvvatlantirish stansiyalari quyidagi turdagi obyektlarda o‘rnatiladi:
- davlat organlari;
- savdo va biznes markazlari;
- koʻngilochar va dam olish maskanlari;
- avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari;
- mehmonxonalar;
- xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllari boʻyidagi infratuzilma obyektlaridagi avtoturargohlarda.
Bunda, avtoturargohlarning kamida 5 foizi (lekin, bitta joydan kam boʻlmagan holda) quvvatlantirish stansiyalarini joylashtirish uchun ajratiladi.
Shuningdek, yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uy-joylar hududida, shu jumladan, koʻp kvartirali uy- joylar avtoturargohlarida eng yuqori quvvati 22 kVt boʻlgan stansiyalar o‘rnatiladi.
Stansiyalarni oʻrnatish joylari “K- SAVDO ” AAT orqali elektron onlayn-auksionga chiqargan holda ijaraga beriladi.
Stansiyalar oʻrnatiladigan hududlar 120 oygacha foydalanish huquqi asosida auksion orqali sotiladi yoki ijaraga beriladi.
Sharhlar