“Elektron poliklinika” va “Elektron shifoxona” axborot tizimlarini ishga tushirish tezlashtiriladi
Prezident tomonidan shu yil 5-sentabrda imzolangan tegishli qarorga muvofiq mamlakatda davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Hujjatga muvofiq, 2024-yil 1-oktabrdan Toshkent shahri, Sirdaryo viloyati hamda 2025-yil 1-yanvardan Qoraqalpog‘iston Respublikasida davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini amaliyotga tatbiq etish belgilangan.
Buning doirasida tibbiyot tashkilotlari faoliyatidagi jarayonlarni o‘z ichiga oluvchi boshqa davlat organlari axborot tizimlari bilan o‘zaro integratsiya qilinadigan “Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimi yaratilib, ishga tushiriladi.
Shu yil yakuniga qadar bemorning barcha tibbiy ma’lumotlari asosida shakllantirilgan va tibbiyot muassasalarining o‘zaro uzviy hamkorligini ta’minlaydigan “Elektron poliklinika” va “Elektron shifoxona” axborot tizimlari yo‘lga qo‘yiladi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – tibbiyot xodimlariga ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmaslik. Ularning tayyor tizimdan oson va qulay foydalanishlari uchun zarur sharoitlarni yaratib berish lozim.
Sharhlar