O‘zbekistonga elektron vizalar olish uchun mobil ilova ishga tushiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-iyun kuni hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish chora-tadbirlari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Prezident mamlakatimiz turizm salohiyatini to‘liq ko‘rsatuvchi global targ‘ibot kampaniyasini yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidlab, qator tashabbuslarni bayon qildi.
“Milliy turizm brendi”ga kontent yaratish uchun tanlov o‘tkaziladi. Bu yil Toshkentda, kelgusi yilda Xivada xalqaro gastronomik festivallar tashkil etilib, 300 dan ziyod milliy taomlarimiz targ‘ib qilinadi. “Elektron-viza” tizimi yanada takomillashtirilib, mobil ilovasi ham ishga tushiriladi.
Targ‘ibotda televideniye bilan birga, ijtimoiy tarmoqlardan ham keng foydalaniladi. Auditoriyasi katta chet ellik blogerlar uchun info-turlar tashkil qilinadi.
Sharhlar