Ellikqalʼa sudida byudjet pulini talon-toroj qilgan bogʻcha mudiri ishi ko’rildi

Jinoyat ishlari boʻyicha Ellikqalʼa tuman sudida byudjet pulini talon-toroj qilishda ayblangan bogʻcha mudiri ishi koʻrib chiqildi.

Maʼlum boʻlishicha, sudlanuvchi X.X 2011-yil 22-noyabr kunidan Ellikqalʼa tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori lavozimida ishlab kelgan. U mansabdor shaxs boʻla turib, mansab mavqeini suiisteʼmol qilib gʻarazli va past niyatlarni koʻzlab oʻzi rahbarlik qilgan hamda davlat muassasasidan shaxsiy boylik va daromad orttirish manbai sifatida foydalangan.

2013-yil iyun oyidan 2024-yil fevral oyiga qadar amalda bolalar bogʻchasida ishlamagan boʻlsada uning mavsumiy oʻt yoqar, qorovul, hovli tozalovchi, yordamchi, tarbiyachi, xona farroshi, hovli tozalovchi lavozimlariga ishga tayinlanganligi va ishda boʻlganligi haqida soxta boʻyruq hamda tabellarni rasmiylashtirgan va jami 75.601.204 soʻm ish haqi hisoblab, uni oʻz manfaatlari yoʻlida ishlatib yuborgan.

U jinoyatlarini bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, mansab mavqeini suiisteʼmol qilgan, oʻziga ishonib topshirilgan oʻzganing mulklarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-taroj qilgan.

Sudlanuvchi sud jarayonida oʻz aybiga iqror boʻlib, pushaymonligini aytgan hamda zarar qoplanganini maʼlum qilib, suddan ozod etishlarini soʻragan.

Yakuniy hukmga koʻra,  XX JKning 70-moddasiga asos jazo tayinlanmasdan jazodan ozod qilindi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.