Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tavallud kuni bilan tabrikladi

Foto: Prezident Matbuot xizmati

5-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlatimiz rahbari Tojikiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘lik va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar, birodar tojik xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.

Prezidentlar O’zbekiston-Tojikiston munosabatlarini oliy darajadagi kelishuvlardan kelib chiqqan holda rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Tovar ayirboshlash hajmini oshirish, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish maqsadida yaqin idoralararo hamkorlik va faol almashinuvlarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Davlat rahbarlari mintaqada yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan ham fikr almashdilar.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.