Endi ayrim abituriyentlar “yurisprudensiya” yo’nalishiga suhbat asosida qabul qilinadi
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga koʻra, yuridik texnikumlar negizida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylari tashkil qilinadi.
Ushbu litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini “yurisprudensiya” yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalariga suhbat asosida test sinovlarisiz qabul qilish tasdiqlandi.
Shuningdek, qarorga asosan:
maktablarda “Huquq sinfi” va huquq fanlari chuqurlashtirilgan holda o‘qitilishini tashkil etish orqali yuridik kadrlarni tayyorlashda “maktab–litsey–texnikum–universitet” tizimi joriy etiladi;
Adliya vazirligining maxsus platformasi orqali huquq fani o‘qituvchilarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini uzluksiz oshirib borish hamda ularni metodik ta’minlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
o‘quvchilar orasida “Huquq bilimdoni” fan olimpiadasi, huquq fani o‘qituvchilari orasida “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazib boriladi;
maktab o‘quvchilarining huquqiy bilimlarini mustaqil o’zlashtirishiga qaratilgan ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalari, videoroliklar, kompyuter o‘yinlari va mobil ilovalari yaratiladi.
Sharhlar