Endi haydovchilar yo’l harakati qoidalari buzilishiga doir jarimalardan norozi bo’lsa, elektron shikoyat qilish imkoniyatiga ega bo’ladi

Фото: my.gov.uz

Endilikda haydovchilar yo’l harakati qoidalari buzilishiga doir jarimalarga qarshi my.gov.uz portali orqali elektron shikoyat yo’llashi mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 382-son qaroriga asosan, joriy yilning 1-sentyabridan boshlab my.gov.uz portali orqali Yo’l harakati qoidalari buzilishi yuzasidan chiqarilgan qarorlar va yuborilgan xabarnomalar bo’yicha Yo’l harakati xavfsizligi xizmatiga elektron tartibda shikoyat qilish imkoniyati paydo bo’ladi.

Yuborilgan shikoyat arizalari YHXX tomonidan 10 ish kuni ichida ko’rib chiqiladi.

Murojaat ko’rib chiqilayotgan vaqt mobaynida jarima uchun belgilangan chegirma muddati to’xtatib turilmaydi.

Agar shikoyat o’rinli deb topilsa, YHXX tomonidan O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 271-moddasiga asosan ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish tugatiladi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.