Endi issiqxona xo‘jaliklari elektr va gaz uzilishlari haqida oldindan ogohlantiriladi
Shavkat Mirziyoyev issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini rag‘batlantirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Unga ko‘ra, “Hududgaztaʼminot” va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga bosim tushishi yoki uzilishlar bo‘lishi haqida issiqxona xo‘jaliklarini kamida 24 soat oldin xabardor qilish majburiyati yuklatiladi. Shartnomalardagi fors-major holatlari bundan mustasno.
Shuningdek, 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumidan boshlab issiqxona xoʻjaliklariga hosil yilining dastlabki 3 oyida (oktyabr, noyabr va dekabr) yetkazib beriladigan tabiiy gaz uchun oldindan toʻlov 50 foiz miqdorida, qolgan qismi oy yakuniga qadar, keyingi oylardan boshlab esa har oyda 100 foiz oldindan toʻlov amalga oshiriladi.
Faqat oldingi davr uchun issiqxonaning qarzdorligi boʻlmasligi kerak.
Sharhlar