Endi talabalarga fanlarni o‘zlashtirishiga qarab ta’lim krediti ajratiladi

Foto: Advice.uz

Vazirlar Mahkamasining 16-sentyabrdagi qarori bilan ta’lim krediti ajratish to‘g‘risidagi Nizomga ayrim o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqida Prezidentning 2024-yil 27-maydagi PF-82-sonli farmonida belgilangan.

Jumladan:

  1. Endilikda ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan talabalarga beriladi. Bunga qadar ta’lim kreditini sirtqi va kechki ta’limda o‘qiyotganlar ham olish huquqiga ega edi;
  2. HEMIS dasturiga ulanmagan xususiy OTMlarning talabalariga ta’lim krediti berilmaydi;
  3. endilikda ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno).
  4. birinchi kurslar uchun esa bir yillik kontrakti miqdorida ajratiladi.

Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo’chqarovga topshirildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.