Endi yangi haydovchilik guvohnomasini ham onlayn rasmiylashtirish mumkin

Foto: my.gov.uz

Endi fuqarolar nazariy va amaliy imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtganidan so’ng, haydovchilik guvohnomasini onlayn rasmiylashtirishi  mumkin.

Buning uchun ular My.gov.uz orqali bu jarayonni amalga oshiradi. Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjatlar talab qilinmaydi. Hamma maʼlumotlar tizimda mavjud.

Guvohnomalar tayyor bo’lganidan keyin, fuqarolar ularni  istasa oʻziga yaqin Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan holda yoki qoʻshimcha toʻlov evaziga pochta xizmati orqali o’z uyida qabul qilib olishi mumkin.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.