18 yoshga to‘lmagan shaxslarga energetik ichimliklarni sotish jarima to‘lashga sabab bo‘ladi
Qonunchilikka ko‘ra, energetik ichimliklarni 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga realizatsiya qilish quyidagi miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi:
- fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 875 ming so‘mdan 3 mln 750 ming so‘mgacha);
- mansabdor shaxslarga BHMning 7 baravaridan 15 baravarigacha (2 mln 625 ming so‘mdan 5 mln 625 ming so‘mgacha).
Eslatib o‘tamiz, qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Ulashish:
Sharhlar