Energetika vazirligi Toshkent shahar “Suv ta’minoti” AJning Yunusobodni suv bosishi yuzasidan bergan bayonatini inkor qildi
2024-yil 3-iyul sanasida Yunusobod tumanining 6- va 7-mavzelarida suv toshishiga oid xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ushbu hodisa yuzasidan Toshkent shahar “Suv ta’minoti” AJ matbuot xizmati tomonidan voqeaga hudud yaqinida joylashgan “Toshkent issiqlik markazi” MCHJga qarashli 4-sonli qozonxonada elektr ta’minoti uzilishi sabab bo‘lganligini keltirilgan.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tarkibidagi “Toshkent issiqlik markazi” MCHJ Toshkent shahar “Suv ta’minoti” AJning mazkur bayonoti haqiqatga mos emasligini bildiradi va 4-sonli qozonxonada 2-3-iyul kunlari elektr ta’minoti bilan bog‘liq hech qanday uzilish yuz bermaganini ma’lum qiladi. Suv toshqiniga qozonxona faoliyatining hech qanday aloqasi yo‘q.
4-sonli qozonxona 2024-yilning 2-iyulidan 3-iyuliga o‘tar kechasi barqaror va shtat rejimida faoliyat yuritgan.
Ayni paytda qozonxonaga suv ta’minotining yetarli darajada yetkazib berilmayotganligi sababli mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib ishlab chiqarish hajmi pasaytirilgan.
Sharhlar