Energiya kushandalari 223.6 mln so‘mlik zarar yetkazgan

Foto: Departament.uz

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chust tumani bo‘limi va ETK xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Sh.S. “Ariqbo‘yi” MFY hududida joylashgan yer maydoniga o‘rnatilgan suv nasosini elektr tarmoqlari korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan umumiy foydalanishdagi tarmoqqa ulab, jami 117 mln so‘mlik elektr energiyasidan o‘g‘irlik yo‘li foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Sharof Rashidov tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergov qadar tekshiruvda YATT F.Sh. va boshqalar novvoyxona faoliyatini yo‘lga qo‘yib, jami 106,6 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.