Energiya resurslari qimmatmi? Nega noqonuniy foydalanilmoqda
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi va Ko‘kdala tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda ushbu hududlardagi “L.K.” NMTTda hamda “U.B.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz va elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, jami 177,1 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan. Bu haqida departament xabar bermoqda.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar