Qaysi viloyat abituriyentlar soni bo’yicha peshqadam

Foto: edu.uz

Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga, kollej va texnikumlarga qabul bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar statistikasi e’lon qilindi.

Unda keltirilishicha, 22-iyun soat 18:00 holatiga ko‘ra, 601 946 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgan. Shundan, 271 096 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 330 850 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir.

Shuningdek, eng ko’p ro’yxatdan o’tgan abituriyentlar soni bo’yicha 105 553 ta ko’rsatgich bilan Toshkent shahri peshqadam bo’lib turibdi. Unda keyingi o’rinlarni Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari egallagan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.