Erkak opasining iltimosiga ko’ra pochchasining joniga qasd qildi
Qoraqalpog’istonda ayol ukasi bilan til birikitib, o’z erining joniga qasd qildi. Bu haqda “Zamon” dasturi xabar qilmoqda.
Xabarga ko’ra, ayol va er o‘rtasida o‘zaro oilaviy janjallar bo‘lib turgan. So‘ngra ayol Toshkent shahrida yashovchi ukasidan kelib, bu masalani hal qilib berishini so‘raydi. Ukasi opasining uyida bir-ikki kun yashab, pochchasini o‘ldirish uchun qulay vaqtni kutadi.
Rejaga ko‘ra, sudlanuvchi pochchasining uxlab yotgan vaqtida oldindan tayyorlab qo‘yilgan bolta bilan urib, unga og‘ir tan jarohatlari yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan sud ishi o‘tkazildi. Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi ayol JKning 97-moddasi 1-qismi bilan 7 yil muddatga, ukasi JKning 97-moddasi 2-qismining “v”, “j” bandlari bilan 17 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Sharhlar