Erning foydasiga uyning ½ qismi ulushi undirildi
Fuqarolar M.Sh. va M.G.lar oilaviy kelishmovchiliklar sabab 15 yillik turmushlaridan ajralgan. Birgalikda tiklagan uylarida ayol turmushlaridan tug‘ilgan ikki nafar farzandi bilan qolgan va er M.Sh. boshqa ayol bilan turmush qurib ko‘chib ketgan.
So‘ngra fuqaro M.Sh. mazkur uydagi ulushini sobiq turmush o‘rtog‘i M.G.dan undirish masalasida sudga murojaat qilgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 2024-yil 06-iyuldagi qaroriga asosan M.Shning foydasiga qarzdor M.G.dan birgalikdagi turmushlarida qurilgan uydagi ½ qismi ulushi uchun 133.405.748 so‘m kompensatsiya undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Byuroning Farg‘ona tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga ko‘ra qarzdorlarga ijro hujjatining ijrosini ixtiyoriy ravishda ta’minlash uchun muddat berilgan.
Ijro harakatlari davomida, sobiq xotini bo‘lgan M.G. turmush o‘rtog‘i M.Sh.ga 133.405.748 so‘m kompensatsiya pullari to‘liq undirib berishga qaror qildi va shu bilan ijro ishi amalda tamomlandi.
Sharhlar