Eron havo hududi yopilishi sababli ikki aviakompaniya О‘zbekistonga reyslarni bekor qildi
Flynas va Qeshm Air aviakompaniyalari Yaqin Sharqda vaziyatning yomonlashuvi va havo hududining bir qismi yopilishi munosabati bilan О‘zbekistonga parvozlarni vaqtincha bekor qildi, deb yozadi UZBEKISTAN AIRPORTS.
Bugun, 2-oktyabr kuni quyidagi reyslar bekor qilingan:
– Flynas aviakompaniyasining KNE633/634 Jidda – Toshkent – Jidda reysi;
– Flynas aviakompaniyasining KNE651/652 Jidda – Namangan –Jidda reysi;
– Qeshm Air aviakompaniyasining QSM2143/2142 Tehron – Toshkent – Tehron reysi.
Ushbu reyslarning parvozi haqida ma’lumot olish uchun aviakompaniya vakillariga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Ulashish:
Sharhlar