Eronlik maslahatchi: Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Tramp kelishi bilan bog‘liq
Eron rahbarining maslahatchisi Ali Akbar Viloyatiyning aytishicha , Yaqin Sharq va Ukrainadagi mojarolar tufayli global vaziyat jiddiy o’zgarishlarga yuz tutmoqda.
Unga ko‘ra, Falastin va Livan guruhlari Isroilga muvaffaqiyatli qarshilik ko‘rsatmoqda, bu esa Netanyaxu hukumatining qulashiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, u Donald Trampning Oq uyga qaytishi G‘arbning Ukrainaga ko‘rsatayotgan yordamini kamaytirishi mumkinligini, bu esa Rossiyaning qo‘lida o‘ynab, uni mojaroda g‘alabaga olib kelishini ta’kidladi.
Viloyatining qo‘shimcha qilishicha, bu mojarolarning ikkalasi ham G‘arb davlatlarining harakatlari oqibatidir.
Ulashish:
Sharhlar