1 000 AQSH dollari evaziga haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Foto: Departament

Navoiy viloyatida fuqaro boshqa bir shaxsni ishonchiga kirib, unga go‘yoki viloyat YHXBda ishlovchi tanishlari orqali 1 000 AQSH dollari evaziga “V.” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishini aytib, 700 AQSH dollari va 4 mln so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.

Shuningdek, “Vatanparvar tashkiloti”ning Andijon tumani klubi va Dehqonobod tumanida “Vatanparvar” tashkilotida ishlovchi o‘rgatuvchi ustasi lavozimidagi shaxslar haydovchilik kursini o‘qiganligi to‘g‘risida hujjat rasmiylashtirib berishlari evaziga 4,5 mln va 7,8 mln so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.