EZGU AMAL fondi #GOLDCHALLENGE fleshmobini ishga tushiradi
Sentyabr — Bolalar onkologiyasi to‘g‘risidagi xabardorlik oyi deb e’lon qilndi.
Xalqaro an’ana doirasida, EZGU AMAL jamoasi #GOLDCHALLENGE fleshmobini ishga tushirmoqda. Bu fleshmob bolalar onkologiyasi muammosiga jamoatchilik e’tiborini qaratish va ushbu kasallikka qarshi kurashayotgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltirilgan.
Hayrihohlarning va sahiy insonlarning “Ezgu Amal” xayriya jamg‘armasiga bo‘lgan qiziqishi tobora ortgani bugungi tadbirda ham yaqqol namoyon bo‘ldi. Hayriya jamg‘armasiga 2022 yilda 6 mlrd 698 mln 364 ming 104 so‘m mablag‘lar kelib tushib maqsadli sarf etilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatgich 2023 yilda 14 mlrd 274 mln 040 ming 236 so‘mni tashkil etgan.
“Ezgu Amal” jamg‘armasi 2023 yilda kelib tushgan mablag‘larni oltita dasturdagi yo‘nalishlarni amalga oshirishga sarflagan, uning maqsadi saraton kasalligiga chalingan bolalar va ularning oilalarini davolash, reabilitatsiya qilish va qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Jamg‘arma o‘zining besh yillik faoliyati davomida shaffof faoliyat yurituvchi tashkilot sifatida obro‘ qozondi, bu esa o‘zining xayriya ishlariga mablag‘ ajratish uchun tobora ko‘proq odamlar va tashkilotlarni jalb qilishga erishmoqda.
“Ezgu Amal” jamg‘armasi faoliyatining shaffofligi majmui chora-tadbirlar va amaliyotlar bilan ta’minlanadi, ular orasida axborotning ochiqligi asosiy o‘rin tutadi. Jamg‘arma har yili o‘zining moliyaviy holati to‘g‘risida hisobotlar, shuningdek, amalga oshirilgan va rejalashtirilgan loyihalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi.
Sharhlar