“Faoliyat qonuniy yuritilmoqda” – Ekologiya vazirligi Toshkent yaqinida joylashgan Afrika sherlari parki haqida
Ijtimoiy tarmoqlarda О‘zbekistondagi birinchi Afrika sherlari parki haqidagi video muhokama qilinmoqda.
“Shahardan 40 daqiqalik masofada sher bolalari bilan o‘ynashi, istalgan kishi sher bolasini qo‘liga olib, suratga tushishi mumkin, darvoqe, bu asablarni tinchlantiradi va stressni yengillashtiradi”, — deyiladi videoda.
Izohlarda Instagram ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari sherlar o‘yinchoq vazifasini bajarmasligi kerakligini ta’kidlashmoqda.
Video muallifiga ko‘ra, bog‘da ayiqlar, tuyaqushlar va tsesarkalar ham yashaydi.
О‘zbekiston Ekologiya vazirligi bog‘ qonuniy faoliyat yuritayotganini ta’kidlab, bu reabilitatsiya markazi ekanligini qayd etdi. Bog‘ veb-saytida bu “О‘zbekistondagi birinchi kontakt hayvonot bog‘i” ekanligi qayd etilgan.
Sharhlar