Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Sherzodjon Fazlitdinovich Polvonov Farg‘ona viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligining matbuot xizmati xabar beradi.
Polvonov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston mahallalari uyushmasining mahallalar obodonchiligini ta’minlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
U hokim o‘rinbosari lavozimida o‘z xohishi bilan lavozimini tark etgan Sherzod Rahimov o‘rnini egalladi.
Ulashish:
Sharhlar