Farg‘ona viloyatidagi kanaldan odam jasadi topildi
Ijtimoiy tarmoqlarida Farg‘ona kanalida odam murdasi oqib kelganligi haqidagi xabar Farg‘ona viloyati IIB tomonidan o‘rganib chiqildi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 25-iyun kuni Bag‘dod tumani, Qatag‘on mahallasida yashovchi fuqaro O‘.T. Samandarak MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Katta Farg‘ona” kanaliga cho‘milish maqsadida tushib, cho‘kib ketgan.
Olib borilgan qidiruv ishlar davomida 28-iyun kuni O‘.T.ning murdasi tashqi ko‘rinishidan tan jarohatlarsiz O‘zbekiston tumani, Zinasha mahallasi hududidan oqib o‘tgan “Katta Farg‘ona” kanalidan topilgan.
Mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar