Farg’onada 4 nafar fuqaro xot-dogdan zaharlangan
Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyati boshqarmasining ma’lumot berishicha, O‘zbekiston tumani bo‘limiga 2024-yil 6-noyabr kuni soat 11:30 larda tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli Yuqumli kasalliklar bo‘limiga 4 nafar bemorni oshqozon-ichak faoliyatining funksiyasini buzilishi tashxisi bilan yotqizilgan.
Holatga, Sanepidqo‘mita xodimlari tomonidan sanitariya-epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilishi natijasida aniqlik kiritildi.
Surishtiruv davomida bemorlarning 2 nafari 5-noyabr kuni tushlik vaqtida O‘zbekiston tumani “Yaypanbozorbosh” MFY, Ibn Sino ko‘chasidagi fast-food shoxobchasidan xot-dog iste’mol qilganligi, yana 2 nafar bemor esa ushbu tumanning “Oqtepa” MFY, “Turkiston” ko‘chasida faoliyat olib borayotgan “OQTEPA MINI FOOD” nomli fastfut mahsuloti tayyorlab, sotish shoxobchasida xot-dog mahsulotini iste’mol qilganligi ma’lum bo‘ldi.
Bemorlar shifoxonada shifokorlar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, “Oshqozon-ichak faoliyatining funksiyasini buzilishi” tashxisi bilan bo‘limga yotqizildi. Bemorlarning umumiy holati qoniqarli.
Ushbu holat Sanepidqo‘mita mutaxassislari tomonidan to‘liq nazoratga olingan. O‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
Sharhlar