Farg‘onada 60 mln. so‘mlik tabiiy gazni yashirin ravishda talon-toroj qilgan
“Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi “B.A.” xususiy korxonasi rahbari M.A. korxonaga qarashli choyxonani o‘zboshimchalik bilan hisoblagichdan tashqari gaz tarmog‘iga ulab, 360 mln. so‘mlik tabiiy gazni yashirin ravishda talon-toroj qilgan”, -deb xabar bermoqda Bosh prokuratura.
Mazkur holat bo‘yicha viloyat prokuraturasi tomonidan korxona rahbari M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Dastlabki tergov davomida korxona tomonidan yetkazilgan 360 mln. so‘m zararni to‘liq undirilishi ta’minlandi.
Faoliyatingiz davomida energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalaning.
Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.
Shuni unutmangki, energoresurslardan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari fosh etiladi va jazo muqarrarligi ta’minlanadi.
Sharhlar