Farg’onada ayol oʻz uyida 96 ta it saqlab kelayotganligi ma’lum bo’ldi
Fargʻona viloyat Ekologiya boshqarmasi xodimlari hayvonlarni vaqtincha saqlanayotgan ayol xonadonida boʻlib, u yerdagi saqlanayotgan hayvonlarning salomatligi, ularga yaratilgan shart sharoitlar bilan tanishdi, deb xabar bermoqda viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.
Xabarga ko’ra, ayni paytda mazkur markazda 96 ta daydi itlar saqlanmoqda. Ularga esa, bir kunda 25 kilogrammgacha goʻsht va boshqa turdagi yeguliklar berib borilmoqda.
“Bundan tashqari bu yerdagi barcha itlar maxsus veterinar koʻrigidan oʻtkazilib turiladi, maqsad kasalliklar va itlarni koʻpayib ketishini oldini olib borish, – deydi xonadon egasi.
Ulashish:
Sharhlar